Shaxsiy maʼlumotlar siyosati
Tahrir: 2026-yil 27-sentabr
Maʼlumotlarni kim qayta ishlaydi
Alliance Business Club, Toshkent. Maʼlumotlar boʻyicha soʻrovlar uchun manzil shu sahifaning oxirida.
Qanday maʼlumotlar yigʻiladi
Klub anketasidagi maʼlumotlar: familiya va ism, tugʻilgan sana, rasmingiz, yashash manzili, telefon, Telegram, tillar, taʼlim va biznes kurslar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar; kompaniya nomi, logotiplari, sohasi, manzili, xodimlar soni, faoliyat yillari, kompaniya haqida qisqacha, undagi ulushingiz va INN raqamlari; biznes aloqalaringiz bor davlatlar, oxirgi 3 yilda boʻlgan davlatlaringiz, klubga qoʻshilish sabablari, aʼzo boʻlgan klublar, yaqindan taniydigan tadbirkorlar, sizni kim tavsiya qilgani, klub aʼzolariga qanday yordam bera olishingiz va ixtiyoriy izoh. Shuningdek, rozilik bildirgan vaqtingiz va, agar ariza shaxsiy taklifnoma orqali kelgan boʻlsa, qaysi taklifnoma ekani. Agar anketani yuborgandan keyin havola orqali klubning Telegram botini oʻzingiz ochsangiz — shu chat raqami va klubga yozgan xabarlaringiz ham.
Nima uchun
Faqat arizangizni koʻrib chiqish va siz bilan bogʻlanish uchun. Maʼlumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi. Kim ariza topshirgani va u qanday yakunlangani hech qachon eʼlon qilinmaydi.
Kim koʻradi
Faqat klub operatori va klub kengashi. Anketa toʻliq holda — rasmingiz va logotiplar bilan PDF — klub boti orqali klubning Telegramdagi yopiq xizmat chatlariga keladi; botni bu chatlarga faqat sayt boshqaruv panelidan ulash mumkin. Anketa parol bilan himoyalangan panelda ham mavjud. Agar klub botini ulagan boʻlsangiz, xabarlaringizni ham oʻsha odamlar koʻradi, klub javobini esa bot sizga yetkazadi. Botni istalgan payt /stop buyrugʻi bilan oʻchirish mumkin.
Qayerda saqlanadi
Sayt xostingi — Vercel Inc. serverlarida, uning Frankfurtdagi (Germaniya) maʼlumotlar markazida; Vercel ularni klub uchun saqlaydi. Anketa nusxasi va bot orqali yozishmalar Telegramda, klubning xizmat chatlarida ham saqlanadi. Maʼlumotlarni klubdan boshqa hech kimga bermaymiz. Oʻchirishni soʻrasangiz, klub ularni saytdan ham, bu chatlardan ham oʻchiradi.
Qancha vaqt saqlanadi
Ariza koʻrib chiqilayotgan paytda va yakuniy qarordan keyin koʻpi bilan 12 oy; shundan soʻng u oʻchiriladi. Iltimosingizga koʻra — undan oldin.
Shaxsiy taklifnomalar
Agar sizga shaxsiy taklifnoma havolasi yuborilgan boʻlsa, klub uni yaratishda ismingiz va kompaniyangizni kiritgan. Sayt havola birinchi marta qachon va necha marta ochilganini, shuningdek tadbirga kelishingiz haqidagi javobingizni qayd etadi. Taklifnoma sahifalari qidiruv tizimlarida koʻrsatilmaydi.
Saytga tashrif
Saytda reklama va tahlil trekerlari, begona skriptlar yoʻq. Sayt IP-manzilingizni saqlamaydi: ariza shaklini spamdan himoya qilish uchun undan olingan qaytarib boʻlmaydigan xesh vaqtincha xotirada turadi va diskka yozilmaydi. Qidiruv tizimlari va AI yordamchilaridan kelgan tashriflar faqat soni boʻyicha hisoblanadi, hech kimni aniqlamasdan. Xosting, har qanday xosting kabi, qisqa muddat saqlanadigan texnik soʻrovlar jurnalini yuritadi. Yagona cookie tanlagan tilingizni bir yil eslab qoladi va faqat tilni oʻzingiz tanlaganingizda oʻrnatiladi. YouTube videolari va Instagram postlari siz ularni ochmaguningizcha yuklanmaydi; ochganingizdan keyin YouTube va Instagram qoidalari amal qiladi.
Huquqlaringiz
Siz haqingizda qanday maʼlumot saqlanayotganini soʻrashingiz, uni tuzattirishingiz yoki oʻchirishni talab qilishingiz, shuningdek rozilikni qaytarib olishingiz mumkin — bu holda ariza koʻrib chiqilmaydi. Bu huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan kafolatlangan.
Maʼlumotlar boʻyicha soʻrovlar
Maʼlumotlaringiz haqida soʻrash, ularni tuzatish yoki oʻchirish uchun klubga yozing: